Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida “Munozara” ko‘rik-tanlovi birinchi saralash bosqichi haqida ma’lumot

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida “Munozara” ko‘rik-tanlovi birinchi saralash bosqichi haqida ma’lumot

2016 yil 14 aprel kuni Samarqand viloyatidagi barcha oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat Kengashi tashabbusi bilan “Munozara” ko‘rik-tanlovi birinchi saralash bosqichi o‘tkazildi. Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti kichik majlislar zalida bo‘lib o‘tgan ko‘rik-tanlovda “Kinofilmlardan ko‘ra spektakllar afzal” mavzusida baxslashishdi. Institut jamoasi tastiq pozitsiyasida Samarqand davlat universiteti esa inkor pozitsiyasida o‘yin o‘tkazdi. O‘yin juda qiziqarli o‘tdi va muzokaralarga boy bo‘ldi.