“MAROQANDLIK BOJALAR” JAMOASI FINALDA O‘YNAYDI

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati Kengashi tashabbusi bilan 2019 yil Oliy ta’lim muassasasi talabalari o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik tanlovining Samarqand viloyati “Ittifoq kubogi” tashkil etilganligi munosabati bilan, Samarqand shahar yoshlar markazi binosining katta faollar zalida 15-16 mart kunlari yarim final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.Birinchi yarim final o‘yinida Samarqand davlat chet tillari institutining “Tarjimon”, Samarqand davlat tibbiyot institutining “Avitsenna”, Samarqand veterinariya-meditsinasi institutining “Maroqand” hamda Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining “Maroqandlik bojalar” jamoalari ishtirok etishdi.Jamoalar o‘rtasida kuchli hazil va yumorga boy bo‘lgan o‘yinda Samarqand veterinariya-meditsinasi institutining “Maroqand” jamoasi 15.1 ball va Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining “Maroqandlik bojalar” jamoalari 15 ball bilan finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.“Ittifoq kubogi”ning final o‘yini 1 aprel kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Final o‘yinida institutimiz jamoasi “Maroqandlik bojalar”, Samarqand veterinariya-meditsinasi institutining “Maroqand”, Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “O‘zbegim”, Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetining “Turist” hamda Samarqand davlat universitetining “Ilhom” jamoalariga qarshi kurashishadi.