ASSALOM NAVRO‘ZI OLAM!
2019 yil 15 mart kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti arxitektura fakultetining “Tasviriy san’at” kafedrasi hamdaYoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi hamkorligida “Аssalom Navro‘zi olam!” mavzusida kompozitsiyalar ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazmada “Eng yaxshi innovatsion g‘oya”, “Eng yaxshi kompozitsion yechim” va “Eng yaxshi ijro mahorati” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.Tadbirni institut yоshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i O‘.Xudayarov tabrik so‘zi bilan ochib, ishtirokchilarga omad tiladi. Ko‘rgazmada Navro‘z shukuhi, uning tarovati va milliy an’analarning o‘ziga xosligini namoyon etuvchi ijodiy ishlar keng o‘rin oldi.Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi kelajak avlodni sog‘lom turmush tarzi va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning badiiy fikrlash tafakkurini yuksaltirish, ularni ijodkorlikka undash orqali yosh ijodkorlarning ijodiy bilimini kengaytirish hamda ijodiy faoliyatini mukamallashtirish va rag‘batlantirishdan iborat bo‘lib, unda“Arxitektura” fakultetida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishdi.Ko‘rgazmada talabalarning ijodiy ishlarini baholash “Tasviriy san’at” kafedrasi mutaxassis o‘qituvchilari tomonidan amalga oshirilib, baholash natijasiga ko‘ra “Eng yaxshi kompozitsion yechim” nominatsiyasida 203-Dizayn guruhi, “Eng yaxshi innovatsion g‘oya” nominatsiyasida 401-Kasbiy ta’lim guruhi, “Eng yaxshi ijro mahorati” nominatsiyasida 301-Dizayn guruhi talabalari g‘olib deb topildi.Ko‘rik-tanlov g‘oliblari institut ma’muriyati xodimlari tomonidan belgilangan nominatsiyalar bo‘yicha diplomlar va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.