«Axborot texnologiyalari» kafedrasi tomonidan «Eng yaxshi kompyuter savodxoni» tanlovi o‘tkazildi.

 

2017  yil  16  mart  kuni  2- talabalar  turar  joyida “Talabalar  turar  joylarida  ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi” ning 10 bandi ijrosini bajarish maqsadida «Axborot texnologiyalari» kafedrasi tomonidan  «Eng yaxshi kompyuter savodxoni» tanlovi  o‘tkazildi.  Tanlovning  «Nizomi» hamda 4 kishidan iborat tanlovni o‘tkazish uchun Hay’at tuzildi.
Tanlovning vazifalari qilib talabalarda axborot kommunikatsiya texnologiyalariga qiziqishini yanada jonlantirish, talabalarda AKT to‘g‘ri foydalanishi bo‘yicha madaniyatni shakllantirish, turli noqonuniy harakatlarga aralashib qolmasligi va diniy ekstremistik  hamda terrorizmdan ogoh bo‘lishlari uchun kearkli immunitetni shakllantirish deb belgilandi.
2- talabalar  turar  joyi  talabalaridan  2  ta  guruh  tuzildi:
1-guruh –“YOsh kompyuterchilar”
2-guruh- “Kompyuter bilimdonlari” deb  nomlandi.
Bellashuv ishtirokchilariga tanlovda beriladigan savollar tartibi quyidagilardan iborat:
-100 ta so‘zdan iborat matnni 5 minut ichida kompyuterda tezkor va xatosiz terish;
-Monitor  so‘ziga  tuzilgan  krasvordni  to‘ldirish,  reglament  5  minut.
-Kompyuter  va  axborot  texnologiyalariga   bag‘ishlangan  mantiqiy  savollar  berildi:
- Dastlab IBM firmasi tomonidan  ishlab chiqarilgan kompyuterlar firmaning  nomi  bilan  va  kompyuter versiyasi bilan ifodalangan, ammo 5- avlodga kelganidan keyin ushbu firmaning kompyuterlarining nomi o‘zgardi.  U qanday  nom  bilan  atala  boshladi  va  nima  uchun?
-“Kim  axborotga  ega bo‘lsa, u dunyoga hukmuronlik qiladi” degan so‘zlar kim tomonidan aytilgan?
-Bugungi kunda eng zamonaviy antiviruslarni yozma bayon qilib bering;
-Multimedia so‘zini izohlab bering;
-“O‘zbekiston mening Vatanim” jumlasiga Web sahifa tuzib bering.
Bellashuv juda qiziqarli o‘tdi. Bellashuvda 2- guruh “Kompyuter bilimdonlari” jamoasi tanlov g‘olibi bo‘ldi. Tadbirning eng faol ishtirokchisi Juraev Sanjar va tanlovning bilimdoni Qobilov Muzaffarlar bo‘ldi. G‘olib  jamoaga  va faol ishtirokchilarga kitoblar savg‘a  qilindi.