O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganligining 25 yilligi munosabati bilan tashkil qilingan “Mening o’g’lim Vatan himoyachisi” deb nomlangan videomuloqot to’g’risida

O’zbekiston Respublikasi  Qurolli kuchlari tashkil topganligining 25 yilligi munosabati bilan  tashkil qilingan “Mening o’g’lim Vatan  himoyachisi”  deb nomlangan videomuloqot to’g’risida
MA’LUMOT

O’zbekiston Respublikasi  Qurolli kuchlari tashkil topganligining 25 yilligi munosabati bilan  Samarqand viloyat hokimligi, shahar hokimligi, Samarqand harbiy gornizoni, Samarqand oliy harbiy avtomobil qo’mondonlik-muhandislik bilim yurti va Andijon viloyati hokimligi, Andijon viloyati harbiy gornizoni, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti ma’muriyati, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi, institut xotin-qizlar qo’mitasi, “Kamolot” YoIH SamDAQI boshlang’ich tashkiloti hamkorligida SamDAQI faollar zalida “Mening o’g’lim Vatan  himoyachisi” nomli videomuloqot tashkil qilindi.
Tadbirda Andijon viloyatidan chaqirilgan Samarqandda muddatli harbiy xizmatini o’tayotgan askarlar va Samarqanddan chaqirilgan Andijonda muddatli harbiy xizmatni o’tayotgan askarlarning ota-onalari ishtirok etishdi.
Tadbirni viloyat xotin-qizlar qo’mitasining raisi N.I.Rabbimova ochib berdi va barcha tadbir ishtirokchilarini yangi 2017 yil “Xalk bilan muloqot va inson manfaatlari” yili, hamda yaqinlashib kelayotgan 14 yanvar - “Vatan himoyachilari kuni”  bilan qizg’in tabrikladi.
Tadbirda Andijon viloyatida muddatli harbiy xizmatini o’tayotgan askarlarning ota-onalari o’z farzandlari bilan videomuloqotda bo’lishdi va bir-birlariga tabrik so’zlari hamda sog’inchli salomlarini yo’llashdi.
Tadbirda “Vatanparvar” Respublika markaziy kengashi raisi M.Umarov, “Vatanparvar” viloyat kengashi raisi o’rinbosari M.Usmonov, viloyat mahalla jamg’armasi vakili F.Mardonova, Samarqand viloyat “Nuroniy” jamg’armasi vakili X.G’ulomova, “Yoshlar” telekanalining Samarqand viloyati bo’yicha muxbirlari, STV jurnalisti A.Amriddinovalar qatnashdilar. Xonandalar X.Eshto’xtayev, N.G’afforov va S.Shernazarovalar Vatanimiz Qurolli Kuchlarini madh etuvchi  qo’shiqlar kuylashdi.
Tadbirda ishtirok etgan ota-onalarga Andijon viloyatidan chaqirilgan Samarqandda muddatli harbiy xizmatini o’tayotgan askarlar tomonidan gul va sovg’alar taqdim qilindi.
Videomuloqotda 36 nafar Samarqandlik askarlarning ota-onalari hamda 41 nafar Andijondan chaqirilgan Samarqandda muddatli harbiy xizmatni o’tayotgan askarlar, 12 nafar Samarqand viloyati harbiy gornizoni xizmatchilari, jami 120 kishi ishtirok etishdilar.
Tadbirni Samarqand oliy harbiy avtomobil qo’mondonlik-muhandislik bilim yurti qurolli kuchlar xizmatchisi M.Ahmedova olib bordi.
Tadbir  2017 yil 9 yanvar kuni soat 10:00 dan 14:00 gacha qizg’in davom etdi.
Tadbir ishtirokchilarida vatanpavarlik hissi, mehr-oqibat, harbiy xizmatga nisbatan hurmat va burch, vijdon, Vatanga cheksiz muhabbat, Qurolli Kuchlarimizdan g’ururlanish, jasorat ko’rsatish kabi yuksak  tuyg’u shakllandi. Tadbir davomida barcha ishtirokchilar ko’tarinki kayfiyatda edilar.

  

  ]