ILMIY INNOVATSION ISHLANMALARNI TIJORATLASHTIRISH MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI
2018 yil 16 noyabrda institutning kichik faollar zalida “Arxitektura” fakulteti professor-o‘qituvchilari va ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari, etakchi mutaxassislar bilan “Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida inistitut ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i O.J.Jo‘raev so‘zga chiqib 2018 yil 7 maydagi PQ-3698 Iqtisodiyot tarmog‘iga innovatsiya mexanizmlarini tadbiq etishni yanada takomillashtirish choralari bo‘yicha prezidentning qorori va shu asosida Respublikani innovatsion va ilmiy-texnik rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi organ tashkil etilganligi, uning huzurida innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvatlash jamg‘armasi shakllantirilganligini ta’kidlab o‘tdi.
Tadbirda “Ukiver Poor Stail” bo‘lim boshlig‘i A.K.Badalov,“Me’morqurilishloyiha” MCHJ rahbari F.A.Usmankulov, Samarqand davlat muzey qo‘riqxonasi ilmiy kotibi D.Q.SHakarov, so‘zga chiqib tarixiy obidalarni va muzeylardagi arxitekturaviy ta’mirlash va dizayn muammosi haqida institut bilan hamkorlik qilish haqida gapirib o‘tdi.
Davra suhbati davomida tashkilot rahbarlari va etakchi mutaxassilari tomonidan bayon etilgan korxonalardagi muammo va kamchiliklarni bartaraf etish chora va rejalari institut olimlari hamda tashkilot mutasadi xodimlari tomonidan ishlab chiqish, hamda keyingi o‘tkaziladigan seminar treninglarga kafedra mudirlari tomonidan taklif etiladigan korxona va tashkilotlar soni ko‘paytirish, seminarlarga qatnashayotgan korxonalar bundan keyin muammolarini aniq prizentatsiya ko‘rinishda bayon qilinishi taklifi berildi.