“YOSHLAR O‘RTASIDA KITOB MUTOLAASI VA KITOBXONLIK MADANIYATINI YUKSALTIRISH”
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus yoshlarimizning ma'naviy immunitetini kuchaytirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma'lumki, davlat rahbari ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.
Shu munosabat bilan 5 ta muhim tashabbusning to‘rtinchisini ya’ni yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida joriy yilning 13 iyun kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining kichik faollar zalida ijtimoiy fanlar kafedrasi tomonidan “Yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatini tashkil etishdan asosiy maqsad – yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni turli salbiy illatlardan asrab, ma'naviy dunyoqarashini kengaytirish, kitobga bo‘lgan muhabbatini uyg‘otishdan iborat.
Tadbir yakunida faol ishtirokchilarga kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan esdalik uchun badiiy va qiziqarli adabiyotlar topshirildi.