O‘ZBEKISTON CHEMPIONIDAN MAHORAT MASHG‘ULOTLARI

Muhtaram Prezidentimizning ilgari surilgan 5ta muhim tashabbusning ikkinchi tashabbusini amalga oshirish maqsadida, O‘zbekiston chempioni hamda O‘zbekiston rekordchisi, Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining 303 AYvaA guruh talabasi, 49 kg vazn bo‘yicha 2018 yil Navoiy shahrida bo‘lib o‘tgan Parolimpiya chempionati g‘olibi, “Powerlifting” sport turi bo‘yicha Erniyazov Laziz tomonidan, “Powerlifting” sport turiga qiziquvchi sportchi yoshlarga mahorat mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Mazkur sport turi bo‘yicha chempion o‘zining tengqurlariga bu sportga qo‘ygan ilk qadamidan to chempionlik sari bosib o‘tgan yo‘llari haqida gapirib berdi. — “Powerligting” sport turida sportchi sabr bardosh bilan, oldinda keladigan qiyinchiliklarni chidamlilik bilan, o‘z ustida ishlab, o‘ziga bo‘lgan ishonch bilan harakat qilsa, albatta g‘alabaga erishadi!, - deydi Laziz Erniyazov.
Shuningdek, sportchi yoshlar bilan amaliy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tib, sportchilar o‘zlariga kerakli bo‘lgan qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.