YOSH PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
Samarqand davlat arxitektura-qurilish insitutining kichik faollar zalida Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori O.Xaitov tomonidan 120 nafarga yaqin yosh professor-o‘qituvchilar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Muloqot doirasida yosh professor-o‘qituvchilarni ishga bo‘lgan qiziqishlari va ishga mas’uliyat bilan yondoshishlari, sifatli darslarni tashkil etish hamda ta’lim jarayonida korrupsiyani oldini olish, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni talabalar o‘rtasida kengroq targ‘ib qilish to‘g‘risida topshiriqlar berildi.
Shuningdek, uchrashuvda yosh professor-o‘qituvchilar tomonidan bildirilgan murojaatlar o‘rganib chiqilib, berilgan savollarga to‘liq javob berildi. Kelajakda mana shunday ochiq muloqotlar har oy bo‘lib o‘tishi belgilandi.