“NAVOSIZ ULUSNING NAVOBAXSHI BO‘L”

 

Kuni kecha Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiyning 579 yilligi hamda Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur bobomizning 573 yilligiga bag‘ishlangan “Navosiz ulusning navobaxshi bo‘l” deb nomlangan badiiy kecha bo‘lib o‘tdi.Institut faol yoshlari tomonidan badiiy kechada buyuk shoirlarimizning bitgan g‘azal va she’rlaridan namunalar keltirilib, rivoyatlardan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.