Toshkentda “Ixtirochi ayollar – fan, innovatsiya, investitsiya” mavzusida koreyalik ayollar ishtirokidagi forum o‘tkazildi

2019 yil 14-15 yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston Ixtirochi ayollari markazi hamda Koreya Ixtirochi ayollar assotsiatsiyasi (KWIA) hamkorligida Toshkentdagi Turin politexnika universitetida forum va ko‘rgazma tashkil etildi.
Forumда O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston Ixtirochi ayollari markazi tomonidan “O‘zbekiston ayollarining 100 ta  eng yaxshi innovatsion loyihasi” II Respublika tanlovining  “Eng yaxshi sanoat namunasi” nominatsiyasi bo‘yicha saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, respublika bosqichiga yo‘llanma olgаn qurilish fakulteti xotin-qizlar boshlang`ich tashkiloti yetakchisi, “Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish” kafedrasi o‘qituvchisi  Xodieva Nargiza  “Mahalliy va sanoat chiqindilaridan foydalanib gazobeton olishni tadqiqotlash” loyihasi bilan qatnashdi va ushbu forum doirasida o‘tkazilgan ko‘rgazmada faol ishtirok etdi.
Forum doirasida  “Ixtirochi ayollar – fan, innovatsiya, investitsiya” mavzusida  koreyalik ayollar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida  innovatsion izlanishlar istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.