“Samarqand – yer yuzining sayqali” mavzusida muzey va shahar tarixiy obidalari bo‘ylab ziyorat
2018 yil 15 oktabr kuni muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi fakultetining bir guruh talabalari “Suv ta’minoti, kanalizatsiya va suv resurslarini muhofaza qilish” kafedrasi o‘qituvchisi F.Axmedova bilan birgalikda 18-oktabr - “Samarqand kuni” bayrami munosabati bilan “Samarqand – yer yuzining sayqali” mavzusi ostida shahar tarixini o‘rganish uchun “O‘zbekiston madaniyati tarixi” muzeyi va tarixiy obidalarni ziyorat qilishdi. Ziyorat davomida talabalar Samarqand tarixini, uning qanday rivojlanib borgani hamda buyuk allomalar haqida to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Shahar tarixiy obidalari bo‘ylab uyushtirilgan ushbu ziyorat talabalarda katta taassurot qoldirdi.