2017 yil 13 aprel kuni institut Axborot-resurs markazi o’quv zalida “Maqsadimiz mutaxassislik mahoratini egallash” mavzusida kitobxonlik davrasi tadbiri bo’lib o’tdi
2017 yil 13 aprel kuni institut Axborot-resurs markazi xodimlari hamda “Issiqlik gaz ta’minoti va servis” kafedrasi professor-o’qituvchilari bilan hamkorlikda “Maqsadimiz mutaxassislik mahoratini egallash” mavzusida bahs-munozaralarga boy bo’lgan tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbirni institut Akademik-lisey va kasb-hunar kollejlari bo’yicha prorektori, dosent A.N. Gadoyev kirish so’zi bilan ochib berdi. Dosent A.N. Gadoyev o’z nutqida yig’ilganlarga kitobning inson hayotida tutgan beqiyos o’rni va roli, undan olgan bilimlari natijasida talabalarning kelajakda o’z sohasining yetuk mutaxassislari bo’lib yetishishlari xususida fikr mulohazalarini bildirdi.
Shundan so’ng Muxandislik kommunikasiyalari qurilishi fakulteti dekani v.b. B. Norqulov, “Issiqlik gaz ta’minoti va servis” kafedrasi mudiri Sh.Usmonov, dosentlar R. Aymatov, R. Mahmudov va ARM direktori F. Achilovlar so’zga chiqib talabalarga institut Axborot-resurs markazi zamonaviy o’quv adabiyotlari bilan boyitilganligi va bundan samarali foydalanishlari zarurligi to’g’risida gapirib o’tdilar.
Navbat MKQ fakultetining bakalavr hamda magistr talabalariga berildi. Ular o’z mutaxassisliklari bo’yicha dolzarb mavzularda chiqishlar qildilar. Xususan, I bosqich magistri Berdiyev Jasur “Ishtixon tumanida 2017 yilda qurilgan 70 ta xonadondan iborat uylarning gaz ta’minoti”, 301-MKQ talabasi Eshmamatov Saloxiddin “Noan’anaviy energiya manbalari”, 401-XS talabasi Qipchoqova Ro’zigul “Binolarning ekspluatasiyasini tashkil qilish”, 301-MKQ talabasi Ismoilov Hamza “Gazni qazib olish, unga qayta ishlov berish va uni aholiga yetkazib berish”, 101-MKQ talabasi Niyozmurodov Alijon “Biogazdan yoqilg’i sifatida foydalanish va uning istiqboli”, 401-KT(MKK) talabsi Esanova Nafosat “Isitish”, I bosqich magistri Ismoilov Arslon, 401-MKQ talabasi Shomirzayev Xasan, Eshmurodova Tursunoylar “Maqsadimiz mutaxassislik mahoratini egallash” kabi mavzularda prezentasiya, plakatlar, sxemalar va boshqa ko’rgazmali materiallardan foydalangan holda chiqishlar qildilar.
Tadbirda faol ishtirok etgan talabalar fahriy yorliq hamda tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.