AQSh mutaxassisi, muhandis-quruvchi Mikael Gartnerning SamDAQIga tashrifi

Amerika Qo’shma Shtatlari Fulbrayt (Fulbright) dasturi stipendyanti tajribali AQSh mutaxassisi, muhandis-quruvchi Mikael Gartnerning Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutiga tashrifi

 O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining  2016 yil        7 yanvardagi 87-03-36 raqamli xatiga asosan 2016 yil 11 apreldan Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida Amerika Qo’shma Shtatlari Fulbrayt (Fulbright) dasturi asosida AQShlik tajribali muhandis-quruvchi Mikael Gartner Qurilish fakultetining "Bino va inshootlar qurilishi" yo’nalishi 2-bosqich talabalariga "Bino inshootlar zilzilabardoshligi" fanidan ko’ngilli o’qituvchi sifatida ma’ruza o’qimoqda. Ma’ruzalar tarjimon orqali amalga oshirilayotgan bo’lsada, talabalar xorijlik mutaxassis ma’ruzalarini katta qiziqish bilan tinglamoqda va yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanilgan holda har ma’ruzada o’zlarining xorijlik o’qituvchisidan ingliz tilida topshiriqlar olishmoqda va ularni ingliz tilida bajarishmoqda. Mazkur dars mashg’uloti nafaqat ularning mutaxassislik bilimini, balki ularning ingliz tilidagi bilim va ko’nikmalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Institut xalqaro aloqalar bo’limi