TALABA-YOSHLAR O‘RTASIDA FAKULTETLARARO MINI-FUTBOL SPORT MUSOBAQASI O‘TKAZILDI

2019 yil 13-14 mart kunlari Navro‘z umumxalq  bayramiga  bag‘ishlab  SamDAQI futbol maydonida fakultetlararo  mini-futbol sport musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqada arxitektura, qurilish, MKQ va qurilishni boshqarish fakultetlaridan 50 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Musobaqa  natijalariga ko‘ra o‘rinlar quyidagicha belgilandi:

I  o‘rin - Arxitektura fakulteti;
II o‘rin - Qurilish fakulteti;
III o‘rin - Qurilishni boshqarish fakulteti.