SPORTNING SHASHKA TURI BO‘YICHA MUSOBOQA

2019 yil 14 yanvar kuni Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti sport zalida “14-yanvar Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan institut miqyosida sportning shashka turi bo‘yicha shaxsiy birinchilik uchun musoboqa tashkil etildi. Musoboqada institutning  eng faol professor-o‘qituvchilari va xodimlari ishtirok etib kuch sinashdi. Musoboqa olimpik sistemada tashkil etildi. Bellashuvlarda eng  yuqori o‘rinlarni egallagan sportchilarga institut xodimlar va talabalar boshlang‘ich kasaba uyushmasi tomonidan faxriy yorliq hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.