HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI!

Janubiy Koreya Respublikasining “Dong–Ah” media va san’at institutining professori Lee Yu Na joriy yilning 3 iyun kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutiga tashrif buyurdi.
Tashrifdan ko‘zlangan maqsad ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik ishlarini yo‘lga  qo‘yishdan iborat bo‘lib, Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Isakov Erkin Xo‘jayorovich va Lee Yu Na o‘rtasida ikki oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchi va talabalarining o‘quv uslubiy hamda tajriba almashinuvi, ilmiy ishlarni hamkorlikda bajarish bo‘yicha kelishib olindi.
Muzokaralar so‘ng “Dong-Ah” media va san’at instituti hamda Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.