“JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT”

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining kichik faollar zalida 2019 yilning 3 iyun kuni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim uslubchisi T.Egamov, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi qo‘lyozmalar bilan ishlash va muzey bo‘limi boshlig‘i Y.Isayev, fiqxshunoslik sho‘basi rahbari M.Xidirov, diniy-ma’rifiy tadbirlar bo‘limi ilmiy xodimi J.Jumayev institut professor-o‘qituvchilari hamda talabalari o‘rtasida “Ajdodlar merosining barkamol avlod tarbiyasidagi o‘rni” mavzusida ma’naviy ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi qo‘lyozmalar bilan ishlash va muzey bo‘limi Y.Isayev fiqxshunoslik sho‘basi rahbari M.Xidirov hamda diniy-ma’rifiy tadbirlar bo‘limi ilmiy xodimi J.Jumayevlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.
Tadbir yakuni savol-javoblarga boy qizg‘in tarzda bo‘lib o‘tdi.