IMOM MOTURIDIY HAYOTI VA ILMIY MEROSI

 

Samarqand viloyatida “Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta’limoti: o‘tmish va bugun” mavzusidagi xalqaro konferensiya doirasida allomaning ilmiy merosiga bag‘ishlangan haftalik targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Navbatdagi anjuman 12 fevral kuni Samarqand davlat arxitektura va qurilish institutida bo‘lib o‘tdi.Tadbirda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari mutakallimning noyob ilmiy-ma’naviy merosi, islom olamida tutgan o‘rni xususida ma’ruzalar qildilar.
Davra suhbatida Markaz tomonidan Jaholatga qarshi-ma’rifat” ruknida nashr etilgan kitoblar taqdimoti o‘tkazildi va bir nechta kitob to‘plamlari institut kutubxonasiga sovg‘a qilindi.