O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORIGA KO‘RA SAMARQAND VILOYATINING TURIZM SALOHIYATIDAN SAMARALI FOYDALANISH VA UNI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Samarqand viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish, nufuzli xalqaro tadbirlarni o‘tkazish va xorijiy mamlakatlardan ko‘plab mehmonlarni qabul qilishga hududni tayyorlash, zamonaviy turizm infratuzilmasini jadal rivojlantirish va turistlar uchun yangi dam olish maskanlarini barpo etish, hududning iqtisodiy salohiyati va daromad bazasini kengaytirish, shuningdek, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori joriy yilning 30 sentyabrida e’lon qilindi.
Bugungi kunda mazkur Qaror bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amalga oshirish ishlari ko‘rilmoqda.
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov topshirig‘iga asosan Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti professor-o‘qituvchilari yordamida Samarqand shahar Orzu Mahmudov ko‘chasining loyiha taklifini ishlab chiqish vazifalari yuklatildi.
Institut rektori S.I.Axmedov boshchiligida Samarqand viloyati Turizm masalalari bo‘yicha kotibiyat mudiri Z.Majidov hamda institut professor-o‘qituvchilari ishtirokida, 2019-2020 yillarda Samarqand viloyatida turizmni yanada rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasiga ko‘ra Samarqand viloyatida avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish va turizm marshrutlari bo‘yicha piyodalar ko‘chalarini qurish obyektlarining loyiha taklifini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.
Orzu Mahmudov ko‘chasi — kelajakda bu ko‘chada gastronomik turizmni rivojlantirish bo‘yicha maxsus hudud tashkil qilinishi, xususan, turli mamlakatlar taomlari tayyorlanadigan ovqatlanish nuqtalarini tashkil qilish va ularni tungi vaqtda ham ishlashini ta’minlash rejalashtirilmoqda.
Samarqand davlat arxitektura-qurilish isntituti professor-o‘qituvchilari lohiya taklifini ishlab chiqish maqsadida Orzu Mahmudov ko‘chasining hozirgi kundagi holati bilan tanishdilar.