“QURILISH JARAYONLARI BINO VA INSHOOTLARNI BARPO ETISH”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2019 yil 19 martda o‘tkazilgan videoselektor majlisining 12-sonli bayoni 10 bandida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, hamda Oliy ta’lim muassasalarida arxitektura va qurilish bo‘yicha dars mashg‘ulotlarini mavzularga muvofiq tegishli joylarda, sayyor mashg‘ulotlar shaklida o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida, “Qurilish texnologiyasi va uni tashkil etish” kafedrasi dotsenti N.Baxriyev tomonidan 301-304 BvaIQ guruh talabalariga Samarqanddagi “UzAutoTrailer” og‘ir yuk avtomobillar zavodida bir qavatli sanoat binosini metal qurilmalardan barpo etish mavzusida sayyor dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi.