PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR VA XODIMLAR JAMOASI VILOYATDA II O‘RINNI QO‘LGA KIRITDILAR

2019 yil 31 may – 1 iyun kunlari Samarqand shahar Olimpiya zahiralarini tayyorlash markazi sport saroyida Samarqand viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi, Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi hamkorligida may oyi “Sport oyligi” munosabati bilan idora xodimlari o‘rtasida mini-futbol, badminton, stol tennisi sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.
Musobaqalarda Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining professor-o‘qituvchilari va xodimlaridan tashkil topgan jamoa, musobaqa natijalariga ko‘ra umumjamoa hisobida II o‘rinni qo‘lga kiritdilar.