Xotira va qadrlash – xaliqimizning asriy qadriyatlaridandir
9- Мау “Xotira va qadrlash kuni” arafasida Ikkinchi jahon urushi qanashchilaridan har tomonlama qo’llab-quvvatlash hamda bayram bilan samimiy qutlash maqsadida, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti rektori S.I.Ahmedov boshchiligidagi institut rahbariyati hamda institut yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkilotining faol a’zolari Samarqand shahrida yashovchi Ikkinchi jahon urushi davrida Leningrad qamali jabirdiydasi Sofiya Salmanovananing xonadoniga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida Sofiya Salmanovananing holidan xabar olindi, samimiy kayfiyat ulashildi hamda bayram munosabati bilan ajoyib sovg’a salomlar ulashildi. Shuningdek SamDAQI yoshlari tomonidan Sofiya Salmanovaning xonadonida hashar uyushtirilib, uy atrofi va ko’chalar obodonlashtirildi.
Zero, xotira va qadrlash – xaliqimizning asriy qadriyatlari, ulug’ fazilatlaridandir. El-yurtning tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardog’idadir. Ana shunday mardlik va jasorat namunasini ko’rsatganlarga, jang maydonlarida jonini fido qilgan bobolarimiz, sabr-bardosh bilan katta qiyinchiliklarni yengib o’tgan nuroniy momolarimizni sharaflash, xotirasini abadiylashtirish, ularga g’amxo’rlik va e’tibor ko’rsatish har birimizning muqaddas insoniylik burchimizdir.