INTEGRATSIYA VA INNOVATSION HAMKORLIKNI TASHKIL ETISH BO‘YICHA UCHRASHUV O‘TKAZILDI

O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti hamda “Suvoqova” davlat unitar korxonasi bilan birgalikda integratsiya va innovatsion hamkorlikni tashkil etish bo‘yicha “Suvoqava” DUK o‘rinbosari F.Maxmadiyarov, bosh muhandis T.N.Boboyev, “Suvoqava” DUK Samarqand shahar filiali direktori J.Zug‘urovlar “Suv ta’minoti, kanalizatsiya va suv resurslarni muhofaza qilish” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda mutaxassis ta’lim yo‘nalishi talabalari bilan uchrashuv o‘tkazishdi.Uchrashuvni ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor E.X.Isakov ochib berdi va uchrashuv mavzusi, undan ko‘zlangan maqsadlar haqida gapirib o‘tdi.Shundan so‘ng “Suvoqava” DUK bosh muhandisi Tolibjon Nuriddinovich Boboyev so‘zga chiqib, “O‘zbekiston Respublikasida ichimlik suvi taъminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2018 yil 2 iyuldagi 496-son qaroriga asosan, mamlakatimizda so‘ngi yillarda aholini, birinchi navbatda, qishloq aholisini sifatli ichimlik suvi bilan taъminlash borasida suv va kanalizatsiya  tarmoqlarini, shu jumladan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlari doirasida Samarqand shahri misolida faktlar keltirdi.Uchrashuv qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.