“SAN’ATGA BAXSHIDA UMR” NOMLI NAMOZ SULTONOVNING 80 YILLIK YUBILEYIGA BAG‘ISHLANGAN XOTIRA KO‘RGAZMASI BO‘LMOQDA
2019 yilning 20 fevral kunidan boshlab Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi ko‘rgazmalar zalida marhum rassom Namoz Sultonov xotirasining 80 yillik yubileyiga bag‘ishlangan “San’atga baxshida umr” deb nomlangan xotira ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.Namoz Sultonovning ranglarda ona tabiatga xos yorqinlik va ular orqali personajlarning ichki kechinmalari, devoriy rang-tasvir an’analari va kitob miniatyurasi san’atidan kelib chiqib yaratgan asarlari, ayniqsa, “Ona siymosi” kabi mavzulardagi portretlari ko‘pchlikni diqqat e’tiborini tortmoqda.Ko‘rgazma ekspozitsiyasida 80 dan ortiq akvarel va grafikadagi ijod namunalari, jumladan, “Samarqand kashtalari,” “Bibixonim”, “Onalik tuni”, “Obi-rahmat”, “Qoraqamish tongi”, “Avtoportret”, “Sumalak”, “Shohizinda”, “Orol” kabi ishlari joy olgan.Ko‘zgazma ekspozitsiyasi 20 fevraldan 21 aprelga qadar davom etadi.