SAMDAQIDA “START UP” LOYIHALARI BO‘YICHA UCHRASHUV O‘TKAZILDI

 

2020 yil 11 mart kuni institut rektori S.Axmedov, institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori E.Isakov, Samarqand viloyat hokimining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari bo‘yicha yordamchisi i.f.d. N.Ibragimov hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti Samarqand viloyat boshqarmasining xodimlari Sh.Fayziyev va J.Xaydarovlar ishtirokida Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti iqtidorli talaba-yoshlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va professor-o‘qituvchilari o‘rtasida “Start up” loyihalar bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda institut rektori iqtidorli talaba-yoshlariga “Start up” loyihalar bo‘yicha tushuncha berib o‘tib uchrashuvni ochib berdi.

Institut iqtidorli talaba-yoshlaridan S.Xamrayev, B.Saidmuratov va A.Muradinovlar o‘z “Start up” loyihalarini taqdimot ko‘rinishida ma’ruza qilishdilar.

Uchrashuv davomida ma’ruzachi professor Nozir Aliyevich Ibragimov “Start up loyihalari va yoshlar uchun mahalliylashtirish sohasida tadbirkorlik imkoniyatlari” mavzusida taqdimoti bilan institut iqtidorli talaba-yoshlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va professor-o‘qituvchilariga ma’ruza qilib, o‘z ma’ruzasida “Start up” tushunchasi, tashabbus qilish yo‘nalishlari, xususiyatlari, “Start up” uchun g‘oyani qayerdan olish va uning tarkibiy qismlari kabi masalalarni tushuntirdi. Bundan tashqari viloyatda mavjud ishlab chiqarish resurslari va muammolarni tinglovchilarga taqdim etdi.

Tadbir ishtirokchilari ma’ruzachilarga ko‘plab savollar bilan murojaat qildilar va ijobiy javoblarni oldilar.

Institut rektori uchrashuv so‘ngida barcha ishtirokchilarga Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti ma’muriyati tomonidan o‘z minnatdorchiligini bildirdi va tadbir ishtirokchilariga “Start up” loyihalariga faol ishtirok etishlarini bildirib o‘tdi.