Qo’shma ta’lim dasturi uchun master klass darslari
Xabaringiz bor institutimizda SamDAQI hamda BMTU oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida imzolangan qo‘shma ta’lim dasturi doirasida talabalar tahsil olib kelmoqdalar.
Joriy yilning 12 fevral kuni Belarus milliy texnika universiteti dotsenti hamda Belarus injiner ta'limini rivojlantirish o‘quv markazi boshlig‘i Snarskiy Andrey Stanislavovich va Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Qo‘shma ta’lim dasturi bo‘limi bilan hamkorlikda “Arxitektura” ta’lim yo‘nalishi talabalariga mahorat darslari tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida kuzgi semestrda talabalar tomonidan “Arxitekturaviy loyihalash”, “Rang tasvir”, “Arxitekturaviy grafika” fanlaridan bajarilgan ishlar bilan guruh murabbiyi Sadikova Sitorabonu va katta o‘qituvchi Zubaydullayev Ulug‘bek tomonidan tanishtirildi. Talabalar tomonidan bajarilgan ishlar tashrif buyurgan mehmonda katta taassurotlar qoldirdi.
“— SamDAQI hamda BMTU oily ta’lim muassasalari o‘rtasidagi do‘stona hamkorlik shartnomalari vazifalari a’lo darajada davom etayotganligi va bu albatta, o‘z o‘rnida O‘zbekiston kelajagi uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi” - deb ta’kidlab o‘tdi dars davomida Andrey Snarskiy.
Talabalar tomonidan bajarilgan ba’zi bir ishlar.
Dasr so‘ngida Qo‘shma ta’lim bo‘lim boshlig‘i Obid Otamurodov ushbu uchrashuvni tashkil etishda yaqindan yordam bergan SamDAQI ma’muriyati hamda 101-Arxitektura guruhi murabbiyi Sadikova Sitorabonuga bo‘lim hamda talabalar nomidan alohida minnatdorchiligini bildirib o‘tdi.