OSIYO - TINCH OKEANI MINTAQASIDA O‘QITUVCHILARNI TAYYORLASHDA GENDER TENGLIKNI TARG‘IB ETISH BO‘YICHA REGIONAL SEMINAR BO‘LIB O‘TDI

2019 yilning 12 iyun kuni Samarqand shahrida joylashgan “Registon Plaza” mehmonxonasida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va “UNESCO” tashkiloti hamkorligida, Osiyo-Tinch okeani mintaqasida o‘qituvchilarni tayyorlashda gender tenglikni targ‘ib etish bo‘yicha regional seminar o‘z ishini boshladi deb xabar bermoqda “Ipak yo‘li” Turizm xalqaro universiteti.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va“UNESCO” tashkiloti bilan hamkorlikda olib borilayotgan ushbu uchrashuvda Samarqand viloyatidagi Oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamda Osiyo va Yaqin sharq davlatlaridan tashrif buyurgan delegatlar ham ishtirok etdilar.
Uchrashuvning dastlabki kunida ishtirokchilarga Janubiy, janubiy-sharqiy va Markaziy Osiyoda o‘qituvchilarni malakasini rivojlantirish, gender tengligi siyosati orqali ta’limda qizlar va ayollarning huquqini himoya qilish, pedagog – o‘qituvchilar genderlik va ta’lim o‘rtasidagi murakkab bog‘liklik mavjud ekanligini tushunishlari, hamda tengsizlikni keltirib chiqaruvchi strukturaviy, ma’daniy va institutsional omillarni anglab yetishlari muhim amaliy ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlab o‘tildi.
Osiyo-Tinch okeani mintaqasida o‘qituvchilarni tayyorlashda gender tenglikni targ‘ib etish bo‘yicha regional seminar 14 iyunga qadar davom etadi.