AMERIKALIK MUTAXASSIS TOMONIDAN FULBRAYT DASTURI ASOSIDA MA’RUZA MASHG‘ULOTLARI O‘TILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 3 dekabrdagi 87-03-4179-sonli xatiga binoan Fulbrayt dasturi asosida Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Magnet san’at maktabining ixtisoslashgan ta’lim markazi xodimi Sheffield II Gerald Euhon 2018-2019 o‘quv yilining bahorgi semestri mobaynida Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida ilmiy faoliyat olib borish va talabalarga ma’ruza mashg‘ulotlar o‘tish uchun tashrif buyurishi rejalashtirilgan edi.Shu munosabat bilan AQSHlik mutaxassis 2019 yil 18 fevral kuni institutga tashrif buyurdi. Hozirgi kunlarda xorijlik mutaxassis tomonidan institutda “San’at va madaniyat tarixi” fanidan “Dizayn” ta’lim yo’nalishi talabalariga ma’ruza mashg‘ulotlari  jahon andozalari mos ravishda o‘tkazilib kelinmoqda.