“YUKSALISH” UMUMMILLIY HARAKATI HAQIDA NIMALARNI BILASIZ?

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq O‘zbekistonda “Yuksalish” umummilliy harakati tashkil etildi.
“Yuksalish” umummilliy harakatning asosiy vazifasi rejalashtirilgan islohotlarni, shu jumladan Davlat dasturida nazarda tutilgan islohotlarni amalga oshirishga ko‘maklashish maqsadida fuqarolar, xorijda yashayotgan vatandoshlar va NNTlarni ixtiyoriylik asosida birlashtirish hisoblanadi.Shu maqsadda Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida viloyat hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Shohruh Jo‘raqulov hamda institut yoshlari va ma’muriyati bilan uchrashuv tashkil etildi.Tashkilotning viloyat bo‘limi rahbari yig‘ilganlarga tashkilotning maqsad vazifalari haqida batafsil tushuntirib berib, Respublikada olib borilgan ishlar borasida viderolik namoyish etildi.
Uchrashuv so‘ngida SamDAQI rektori Sultan Axmedov, institut Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Orif Xaitovga a’zolik sertifikatlari topshirildi.