INSTITUT YOSHLAR YETAKCHILARIGA MAHORAT DARSLARI TASHKIL ETILDI
2018-yil 10 dekabr kuni O’zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti boshlang’ich tashkiloti kengashi tomonidan kengash a'zolarining faoliyatini muvofiqlashtirish va ularni kasbiy saviyasini yuksaltirish maqsadida o'quv seminar trening tashkil etildi. Seminar treningni institutning Yoshlar bilan ishlash bo'yicha prorektori O.B.Haitov kirish so'zi bilan ochib berdi. Seminar treningda 10-13 noyabr kunlari Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanida boshlang’ich tashkilotlar yetakchilari faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha o'quv seminarida ishtirok etgan Qurilish fakulteti yoshlar yetakchisi Z.J.Melikov ma’ruza qildi. Ma’ruzada yetakchilar birinchi navbatda o'zlarining vazifalari, hujjatlar bilan ishlash, hisobotlar va bayonnomalarni to'g'ri rasmiylashtirish hamda ish yuritish qoidalari bilan tanishtirildi.
Bundan tashqari Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti fakultetlardagi yoshlar kengashining hujjatlar yig'ma jildlari nomenklaturasidagi har bir hujjatlarni joylashish tartibi hamda ularni to'g'ri rasmiylashtirish bo'yicha Qurilish fakulteti yoshlar Kengashining yig'ma jildlari ko'rgazma sifatida yetakchilarga ko'rsatilib, bajarilishi kerak bo'lgan ishlar haqida mahorat darslari ham tashkil etildi.Yig’ilish so’nggida o'quv seminar treninglar har hafta o'tkazilishi haqida kelishib olindi.