QURILISHNI BOSHQARISH FAKULTETI: “ZAKOVAT” O‘YININING ICHKI TUR O‘YINLARIGA START BERILDI

 

2019 yilning 7 oktabr kuni Qurilishni boshqarish fakulteti Yoshlar kengashi tashabbusi bilan 1-sonli talabalar turar joyining faollar zalida “Zakovat” intellektual o‘yinining ichki tur o‘yinlariga start berildi.
Zakovat intellektual o‘yinida umumiy fakultetdan 8 jamoa ishtirok etib bunda nafaqat fakultet balki, mehmon jamolar ham ishtirok etdilar.
O‘yin natijalari har bir turda jamoalar tomonidan yig‘ib borilgan ballar hisobga olib boriladi va chempion jamoa oxirgi final o‘yinida fakultet kubogiga ega bo‘ladi.
Demak, o‘yin natijalariga ko‘ra jamoalar quyidagi ballarni qo‘lga kiritdilar: “Legion” jamoasi 6 ball, “Intelligent” va “Humo” jamoalari 13 balldan, “Ulug‘beklar” jamoasi 5 ball, “Yosh talabalar” jamoasi 2.5 ball “Non-stop” jamoasi 4 ball, “Iqtisodchilar” 7 ball hamda mehmon “Bunyodkor” jamoasi esa 7 ballni qo‘lga kiritdilar.
Natijalardan ko‘rinib turibdiki “Intelligent” va “Humo” jamoalari turnirda hozirdanoq peshqadamlikni qo‘lga kiritdilar.
Siz ham “Zakovat” o‘yinlariga qiziqasizmi unda safimizga qo‘shiling! t.me/samdaqi_yoshlari.