QURBON HAYITI BAYRAMI MUNOSABATI BILAN NAFAQADAGI PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR HOLIDAN XABAR OLINDI
Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Xodimlar va talabalar boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 28 yilligi” hamda Qurbon hayit bayramlari munosobati bilan, institutda ko‘p yillar samarali mehnat qilgan, hozirda nafaqa gashtini surayotgan quyidagi professor-o‘qituvchilar Odilov Asror, Nosirova Halima, Kubayev Bekpo‘lat, Urinova Sanobar, Jumayeva Bonu, Hamidova Bahoralarning holidan xabar olinib, hol-ahvol so‘raldi va sovg‘a-salomlar topshirildi.
SamDAQI xodimlar va talabalar boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A.M.Axunjanov.