O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2018 YIL 7 MAYDAGI “IQTISODIYOT TARMOQLARI VA SOHALARIGA INNOVATSIYALARNI JORIY ETISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA”GI QARORI

2018 yil 10-11  may kunlari SamDAQI rektori S.I.Axmedov raisligida kengaytirilgan jamoa yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda S.I.Axmedov institut jamoasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 maydagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  qarorini o‘qib eshittirdi. Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida  bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda respublika bosh prokurori O.B.Murodov  “Oliy ta’lim tizimidagi  korrupsiya holatlariga barham berish” to‘g‘risida bergan barcha ma’lumot va ko‘rsatmalarni  yig‘ilish ishtirokchilariga ta’kidlab o‘tdi.  Institut jamoasi tomonidan ushbu qarorda belgilangan vazifalarni qat’iy bajarilishi bo‘yicha  “Yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish lozimligi ta’kidlandi.