YOSHLAR O‘RTASIDA VOLEYBOL MUSOBAQALARI TASHKIL ETILDI

 

Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Qurilishni boshqarish fakulteti Yoshlar kengashi tomonidan 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlab 5 mart kuni “Volleybol” sport turi bo‘yicha talabalar o‘rtasida musobaqa o‘kazildi.Musobaqada institutning barcha fakultetlaridan talabalar faol ishtirok etishdi.Natijalarga ko‘ra faxrli 1 o‘rinni Qurilishni boshqarish fakulteti ShQvaX jamoasi, 2 o‘rinni Qurilish fakulteti AYvaA jamoasi, 3 o‘rinni Qurilishni boshqarish fakulteti “Menejer” jamoasi egalladilar.Musobaqa g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan maxsus diplomlar bilan taqdirlandilar.
Jasur TOLIBOV
Qurilishni boshqarish fakulteti yoshlar yetakchisi