Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 70 yilligiga bag‘ishlangan umummilliy darslar tashkil etildi

Samarqand davlat arxitektura qurilish institutida 2018-yil 10 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil  5 maydagi “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 70 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi  PF – 5434 – son Farmonida ta’lim muassasalarida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 70 yilligiga bag‘ishlangan umummilliy darslarini o‘tkazish vazifasi ijorsini ta’minlash bo‘yicha  darslar tashkil etildi. Umummilliy darslar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti va Ijtimoiy fanlar kafedrasi tomonidan tashkil etildi. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 70 yilligiga bag‘ishlangan umummilliy darslarni instiutning faollar zalida kirish qismi bilan Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori O.B.Haitov ochib berdi. Shundan so‘ng darsning asosiy ma’ruza qismini Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri   dotsent A.T.Quldoshev dotsent, A.I.Safarov va katta o‘qituvchi  H. Xo‘jamovlar olib borishdi.