INSTITUTDA “ZAKOVAT” G’OLIBLARI ANIQLANDI

Joriy yilning 6 dekabr kuni  Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti kichik faollar zalida “ZAKOVAT” intellektual o‘yinining institut miqiyosidagi  final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda institut fakultetlaridan jami 8 jamoa   “Arxitektura” fakultetidan “ART” va “ZUKKO”, “Qurilishni boshqarish” fakultetidan “Yosh menedjerlar”, “GAMMA” va “SHAHARSOZ”, “Qurilish” fakultetidan “QURILISH” va “BUNYODKOR” hamda “Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi” fakultetidan “MUHANDISLAR” jamoalari ishtirok etishdi.Intellektual o‘yin Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori O.B. Haitov va O’zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan yuqori saviyada tashkil etildi.

O‘yin natijalariga ko‘ra:
I o‘rin “Qurilish” fakultetining “QURILISH” jamoasi,
II o‘rin “MKQ” fakultetining “MUHANDISLAR” jamoasi,
III o‘rinni “Qurilishni boshqarish” fakultetining “GAMMA” jamoasi egalladi.
O‘yin yakunida  barcha jamoalarga estalik sovg‘alari,diplom va tashakkurnomalar topshirildi.