XALQARO ALOQALAR KENGAYMOQDA

 

Mirzo Ulug'bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti rektori Sultan Ilyasovich Axmedov va Rossiya Federatsiyasining Tambov davlat texnika universiteti rektori Krasnyansky Mixail Nikolaevich bilan hamkorlik shartnomasi hamda memorandum imzolandi.
2019 yil 11 noyabr kuni Rossiya Federatsiyasining Tambov davlat texnika universiteti ta'lim muassasasi rektori Krasnyansky Mixail Nikolaevich, Xalqaro ishlar bo'yicha prorektor Mishchenko Elena Sergeevna va Ulyanovsk davlat texnika universiteti qoshidagi Xalqaro institutining direktori Pazushkin Pavel Borisovich o‘zaro manfaatli hamkorlikni o'rnatish, ilmiy va ta'lim almashinuvini hamda ikki tomonlama sheriklik aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash maqsadida Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutiga tashrif buyurdilar.
Ushbu memorandum tomonlarning universitet ta'limi sohasida, professor-o'qituvchilar va talabalar almashinuvini, xalqaro hamkorlikni tashkil etish va ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirishni nazarda tutadi.
Hamkorlikning sohalarini kengaytirish maqsadida tomonlar, o‘zaro ikki tomonlama akademik hamkorlikni ta’lim yo'nalishlarda rivojlantirish ustida muzokaralar olib bordilar.
Ikkala tomonning ilmiy potentsialini oshirish, shu jumladan seminar va konferensiyalarda ishtirok etish, ilmiy ishlar to'plamlarini nashr etish, tadqiqotlar o'tkazish, grantlarda birgalikda ishtirok etish, qolaversa ikkala tomonning akademik salohiyatini oshirish va shu jumladan o'qituvchilar, magistrantlar va talabalar uchun stajirovkalarni almashish, ikki tomonlama dasturlarni tashkil qilish bo'yicha o'zaro maslahatlashuvlar va uzluksiz ta'lim kurslariga qatnashish uchun fakultet mutaxassislarini taklif qilishga kelishildi.
Shundan so‘ng ikki davlat Oliy ta’lim muassasalari rektorlari o‘zaro hamkorlik shartnomalari hamda memorandumlarni tantanali imzoladilar.
Muzokaralar davomida Ulyanovsk davlat texnika universiteti qoshidagi Xalqaro institutining direktori Pazushkin Pavel Borisovich ham O‘zbekistondagi Oliy ta’lim muassasalari xususan, SamDAQI instituti bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va uni kengaytirish niyatidaligini bildirib o‘tdi.
Yaqin kunlarda Rossiya Federatsiyasining Ulyanovsk davlat texnika universiteti bilan ham hamkorlik aloqalari o‘rnatilishi kutilmoqda.