ROSSIYA FEDERATSIYASINING NUFUZLI UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK SHARTNOMASI IMZOLANDI
2019 yilning 8 noyabr kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutiga Rossiya Federatsiyasining Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti rektori boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti rektori Sultan Ilyasovich Axmedov, ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor Erkin Xo‘jayorovich Isakov, Samarqand viloyati Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi boshlig‘i Ro‘ziqulov Shavkat Narbayevich, Samarqand aerogeodeziya korxonasi direktori Xatamov Ravshan Akmirzayevich, “Geodeziya va kartografiya” kafedrasining professor o‘qituvchilari va Rossiya Federatsiyasining Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti rektori Kamynina Nadejda Rostislavovna, rektor birinchi o‘rinbosari, prorektor Konotopov Aleksey Igorevich, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Stepanchenko Aleksey Leonidovich, ma'muriy huquqiy ishlar bo'yicha prorektor Chelnokova Natalya Vladimirovna, bosh xisobchi Kuptsova Daria Evgenieva bilan o‘zaro hamkorlik malasalalari ustida muzokaralar olib borildi.
Institut rektori Sultan Ilyasovich Axmedov: “— Avvalo 53 yillik tarixga ega bo‘lgan institutimizga va azim shahrimiz Samarqandga xush kelibsizlar!” – deya mehmonlarni iliq kutib olib, institut tarixi, professor-o‘qituvchilar faoliyati hamda talabalar hayoti haqida qisqacha gapirib berdi.
Hamkorlik shartnomalari ikki mamlakat o'rtasida madaniyat, fan sohasidagi o'zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash, ta'lim shu bilan har ikki mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga hissa qo'shib hamda universitetlarning global ilmiy ta'limga qo'shilishini ta'minlaydi. Tomonlar ilmiy va innovatsion ta'lim dasturlarini ishlab chiqish va yangilashga va o'zaro manfaatlar tamoyillariga asoslangan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishga yo'naltirilgan o'zaro manfaatli hamkorlikka ko'maklashadi.
O‘zaro muzokalardan so‘ng tomonlar qo'shimcha kasb-hunar ta'limi dasturlarida o'qish uchun talabalar, magistrantlar, aspirantlar, doktorantlar va yosh olimlar bilan almashish uchun maxsus ruxsat olish tartibi talab qilinmasligi to'g'risida kelishib oldilar va shartnomalarni imzoladilar.
“— O‘zbekiston Respublikasiga biz birinchi marta tashrif buyurishimiz, o‘zbek xalqining madaniyati, mehmondo‘stligi, taomlari bizga juda ham yoqdi, o‘ylaymanki hamkorlik shartnomalari asosida o‘rnatilayotgan ikki oliy ta’lim muassasalarining hamkorligi uzoq yillar davom etadi” – deydi Rossiya Federatsiyasining Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti rektori Kamynina Nadejda Rostislavovna.