QONUN USTUVORLIGI JAMIYAT TARAQQIYOTINING POYDEVORI

2019 yil 7 noyabr kuni “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 4-sonli talabalar turar joyida “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida 2019-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga oid chora-tadbirlar dasturi”ning 13 bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Huquqiy savodxonlik oyligi”ni o‘tkazish yuzasidan “Qonun ustuvorligi jamiyat taraqqiyotining poydevori” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatini dotsent K.G‘aniyev, katta o‘qituvchilar O‘.Xudayarov, Q.Nurboyevlar olib bordilar. Tadbirda Mustaqil taraqqiyot yillarida Konstitutsiyamiz yurtimizda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati, erkin bozor munosabatlari va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni qurish, xalqimiz uchun tinch, obod va farovon hayot barpo etish, O‘zbekistonning xalqaro maydonda munosib o‘rin egallashida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilayotganligi ta’kidlandi.
Bundan tashqari ma’ruzachilar 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining ikkinchi ustuvor yo‘nalishi: qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga yo‘naltirilgan sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samarasini oshirish, sud jarayonida tortishuv tamoyilini to‘laqonli joriy etish, yuridik yordam va huquqiy xizmatlar sifati tubdan yaxshilanayotganligi haqidagi ma’lumotlar talabalarga yetkazildi.