“MENING BIRINCHI OVOZIM”

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida shu mavzuda ochiq muloqot tashkil etildi.
O‘zLiDeP viloyat kengashi tomonidan “Yuksak maqsadlar ro‘yobi — O‘zLiDeP bilan!” shiori ostida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda so‘zga chiqqan faollar tomonidan partiyaning maqsadi, g‘oyalari haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, saylovoldi dasturi bilan ham tanishtirildi.
— Joriy yilgi saylovlar mamlakatimiz tarixida ilk bor, Saylov kodeksi asosida o‘tkazilmoqda, — deydi partiyaning shahar kengashi raisi H.Xo‘jaqulov. — Bu esa saylovning qonuniylik, shaffoflik, ochiqlik sharoitida o‘tishining yana bir yorqin ifodasidir. Shu bois ushbu siyosiy jarayon oldidan O‘zLiDePning saylovoldi dasturi, siyosiy platformasida yangi g‘oyalar o‘rtaga tashlanmoqda.
Tadbir doirasida “Siz O‘zLiDeP ni bilasizmi?” mavzusida viktorina ham tashkil etilib, g‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
O‘zLiDeP viloyat kengashi matbuot xizmati va SamDAQI matbuot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlandi