MALAYZIADAN O‘QUV AMALIYOTNI O‘TASH UCHUN BIR GURUH TALABALAR TASHRIF BUYURDILAR
Malayziya Islomiy fanlar universiteti katta o‘qituvchisi, professor Ar.Fadli Arabi rahbarligida 21 nafar talabalar Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutiga o‘quv amaliyotlarini o‘tash uchun tashrif buyurdilar.
Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti bilan Malayziya Islomiy fanlar universiteti o‘rtasida tasdiqlangan hamkorlik shartnomasiga asosan, joriy yil 3-5 noyabr kunlari talabalar o‘zlarining o‘quv amaliyotlarini olib bordilar.
Tashrifning birinchi kunida mehmonlar Samarqandning tarixiy yodgorliklari bo‘ylab sayohat qildilar. O‘zbek xalqining madaniyati, taomlari, urf-odatlari bilan yaqindan tanishdilar.
Amaliyotning ikkinchi kunida SamDAQI kichik faollar zalida malayzialik mehmonlar, institut professor-o‘qituvchilari hamda talabalariga o‘zlarining millati, urf-odatlari, kiyinish madaniyati, milliy taomlari va milliy o‘yinlari haqida taqdimot o‘tkazdilar.Taqdimotdan so‘ng mehmonlar institut hayoti, talabalari hamda institut tarixi bilan tanishish maqsadida institut muzeyi, kafedralar hamda talabalar o‘quv jarayonlari bilan tanishdilar.