RAHBARLARNING ESHIGI SIZ UCHUN DOIM OCHIQ

2019 yil 2 noyabr kunida bo‘lib o‘tgan Qurilishni boshqarish fakulteti yoshlari hamda rektor va prorektorlar uchrashuvi ham qizg‘in davom etdi.Uchrashuvda muhim masalar haqida gapirildi, xususan Oliy ta'limda olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida, korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tildi.Talabalar shu kunga qadar amalga oshirilgan bir qator shart-sharoitlardan mamnun ekanliklarini aytib o‘tdilar. Ayniqsa institut yotoqxonasi, Axborot-resurs markazi, kompyuter xonalari butkul boshqa qiyofa kasb etganligi, qulaylik avvalgilaridan ko‘ra bir necha barobar yaxshilanganligi haqida aytib, o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.Uchrashuv davomida taklif va muammolar haqida talabalarning fikrlari tinglandi va takliflar qabul qilindi.Uchrashuv so‘ngida talabalarning fikrlaridan so‘ng institut rektori Sultan Ilyasovich Axmedov: “Talabalarning muammo va takliflarini eshitish uchun rahbarlarning eshigi doimo ochiq!”, - deya uchrashuvni yakunladi.