XORIJLIK MUTAXASSSIS SHEFFIELD II GERALD EUHONNING “DO‘STLIK TIMSOLI” NOMLI TAQDIMOTI HAQIDA

 

Yodingizda bo‘lsa 2019 yilning fevral oyida Amerikalik mutaxassis tomonidan Fulbrayt dasturi orqali  Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida dars mashg‘ulotlari tashkil etilgani haqida xabar bergan edik.
Bugun Sheffield II Gerald Euhon institut tarixiga o‘zining ramziy minnatdorchilik timsolini qoldirib ketmoqda.
Fulbrayt dasturi asosida xorijlik mutaxassis O‘zbekistonda o‘zining ilmiy izlanishlarini davom ettirgan holda SamDAQI talabalariga ma’ruza mashg‘ulotlarini olib bordi.
Sheffield II Gerald Euhon: “O‘zbekistonga tashrifim davomida talabalarga 5 oy davomida chizmachilik va tasviriy san’at yo‘nalishlaridan tashqari ingliz tili bo‘yicha ham darslar o‘tdim. Shu darslar davomida AQSH mamlakatining madaniyati to‘g‘risida ko‘proq ma’lumot berishga harakat qildim. Shuningdek men O‘zbekiston mamlakatidagi muzey va tarixiy obidalarga ham tashrif buyurdim. Tashrifim orqali men ko‘proq O‘zbekiston madaniyati haqida, ko‘proq ma’lumotlarga ega bo‘lishga harakat qildim va egalladim.
Bugungi loyihamni boshlashda esa menga mana shu bilimlarim orqali poydevor bo‘ldi desam adashmayman. Men o‘z tatqiqot ishimda Samarqanddagi Imom al-Buxoriy, Bibixonim madrasasi va Registon maydonida bo‘ldim, albatta sizlarning arxitekturangiz meni lol qoldirdi. Bundan tashqari Samarqandda ipakdan qog‘oz ishlab chiqaradigan joyda bo‘ldim, bu yerda men uchun qadrli, o‘zbek xalqining boshqa bir tarafini ko‘rdim, oddiy turistlarga ko‘rinmagan qirralarini ya’ni qanchalik O‘zbekistonni tarixga boy ekanligini aynan shu yerda ko‘rdim.
Qayerga bormay o‘tkazgan vaqtimda bu yerda har doim dasturxon yoyilib hamma narsa bir piyola choy ustida bo‘lar ekan, dasturxon atrofida men O‘zbekiston tarixi haqida, insonlarning oilasi hayoti haqida gaplashdim, bu muhitni qanchalik muhim bo‘lganligini men keyin tushundim. Bu insonlarni samimiylikka yaqin bo‘lishga undar ekan.
Mana shu loyihamni bugun taqdimot qilar ekanman, loyihani boshlashdan oldin SamDAQI hayoti, uning talabalariga va ma’muriyatiga men esdalik sovg‘a sifatida nimadur qoldirishim kerakligi, O‘zbekistontagi barcha tassurotlarimni, ikkala xalq madaniyatini aks ettiruvchi nimadur qoldirishim kerakligini his etdim va loyiha ustida ishlashni boshladim. Buning uchun esa aynan SamDAQI talabalari menga yordam berishi kerakligini aniq bilar edim.
SamDAQI talabasi Munisa Sa’diyevaga o‘zimning chuqur minnatdorchiligimni bildiraman, chunki bu loyihada u va uning dadasi usta Murtazo Xamroyev menga juda katta yordam berdi. Toshkentga dars mashg‘ulotlarini olib borishga borganimda usta duradgoh bilan ularning ustaxonasiga borib tanishdim, haqiqatdan ham ishlar ancha ko‘p hamda chiroyli ishlangan.
Birgalikda ishlash juda maroqli bo‘ldi, biz har bir detal ustida bamaslahat fikr almashdik. Stolning dizayni haqida gapiradigan bo‘lsam, siz bu yerda geometrik shakl sakkiz qirrali yulduz va uning yonidagi “Adrinka” mavjud bo‘lib, bu belgi Afrika qit’asi ya’ni oilani, yaqinlikni anglatadi, bu mening ota-bobolarimni kelib chiqqishimni, Afroamerikalik yoki qora tanlilarga va mana shu qit’aga mansub ekanligimni, yaqinligimni anglatadi. Stol atrofida yana O‘zbekistonning bir qismini ko‘rsatadigan belgini ko‘rishni xohladim. Ha bayroq, O‘zbekistonning mustaqillikga erishganligini anglatadi bu O‘zbekiston bayrog‘i, va narigi qismida Amerika bayrog‘ini joylashtirdim bu ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik do‘stlikni anglatadi.
(Stol dizayni bilan to‘liq bu yerda tanishishingiz mumkin: https://gesheffieldii.com/friendship-table-Uzbekistan)
Ushbu stol nafaqat sizlarga bo‘lgan hurmatim balki qaysidur ma’noda men, stol orqali O‘zbekistonga yana qaytib kelmoqchiman va bu stolda men shuni aks ettirmoqchi bo‘ldimki, O‘zbekistonlik do‘stlarim bilan men, stolda bir dasturxonda o‘tirib gaplashgan gaplarimizni, menga ko‘rsatilgan mehmondo‘stlikni ramziy timsoli sifatida qabul qilgaysizlar. Agar mana shu stol atrofida yig‘ilib men haqimda eslasangiz boshim osmonga yetadi. Bu albatta bizning do‘stligimizni tamal toshi bo‘ladi deb o‘ylayman,” – deb taqdimotni yakunladi.
Tadbir so‘ngida xorijlik mehmon institut rektori Sultan Ilyasovich Axmedov, institut professor-o‘qituvchilari hamda talabalariga minnatdorchiligini izhor etdi va birgalikda esdalik uchun suratga tushib, qadrdonlar bilan xayrlashdi.