Inson qadri ulug', xotira muqaddas!

Bir guruh Samarqand davlat arxitektura-qurilish institut xodimlari 2018 yil 6 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 apreldagi “Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3667-sonli Qaroriga muvofiq, 2000 yil 4 avgust kuni Surxondaryo viloyati, Uzun tumanida bo‘lgan jangovar harakatlarda o‘qdan yaralanish natijasida xalok bo‘lgan shtab boshlig‘i serjant Radjabov Ma’rufjon Axmadovich xonadoniga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida marxumning oila a’zolari holidan xabar olindi hamda bayram bilan tabriklab, oziq-ovqat maxsulotlari to‘plami taqdim etildi.