D.N.SULTONOVA TOMONIDAN MOSKVA DAVLAT QURILISH UNIVERSITETDA BIR OYLIK MALAKA OSHIRISH NATIJALARI BO‘YICHA HISOBOT-SEMINARI O‘TKAZILDI

 

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining “Tasviriy san’at” kafedrasida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “EL-YURT UMIDI” jamg‘armasi ilk stipendiya tanlovida malaka oshirish ta’lim dasturi bo‘yicha g‘olibasi, arxitektura fanlari nomzodi, dotsent D.N.Sultonova tomonidan Moskva davlat qurilish universitetida bir oylik malaka oshirish natijalari bo‘yicha hisobot-seminari o‘tkazildi.
Ushbu masala yuzasidan kafedra mudiri Sh.E.O‘rinboyev so‘zga chiqib, kafedra professor-o‘qituvchilariga quyidagilar xususida axborot berdi: “— 2018-2019 o‘quv yili kafedramiz uchun juda omadli keldi. Dilshoda Namozovna ham bizni o‘zining ketma-ket yutuqlari bilan kuvontirib kelmoqda. Masalan, OTM bo‘yicha “Yilning eng yaxshi pedagogi” tanlovining “Eng yaxshi tadqiqotchi-pedagog” nominatsiyasida 2 o‘rin sohibasi, 2 ta Mualliflik huquqi guvohnomasi egasi, 2018 yil oktyabrda o‘z shaxsiy ko‘rgazmasini, 2019 fevralida ustoz N.T.Sultonov xotira-ko‘rgazmasini muvaffaqiyatli tashkil etdi.
Mana, barchamiz xabardormiz, dotsent D.N.Sultonova respublika tanlovida qattiq kurashib, № DPO11-083-19–sonli shartnoma asosida uzluksiz ta’limning Malaka oshirish dasturi bo‘yicha 2019 yil, 20 noyabrdan - 21 dekabrgacha (SamDAQI o‘qituvchilari guruhi bilan birgalikda - S.B.Manoyev, I.Sh.Dovlatov, O.Ubaydullayev, Sh.M.Turakulova, D.B.Rustamova) Moskva davlat qurilish universitetiga ilmiy safarga borib kelishga erishdi. Qolaversa institutimiz bilan shu oliygoh o‘rtasida xalqaro hamkorlik shartnomasi ham tuzilgan – deya o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.Kafedra dotsenti D.N.Sultonova yig‘ilish ishtirokchilariga MDQU malaka oshirish davridagi Arxitektura sohasi ta’lim jarayonidagi yangi o‘quv uslublari va jihozlari (interfaol doska), o‘quv jarayoni, professor-o‘qituvchilarning ulkan tajribasi va pedagogik mahorati haqida boy va yangi zaruriy ma’lumotlarni keltirdi.Shuningdek, o‘quv jarayonida D.N.Sultonovaning malaka oshirish bo‘yicha ilmiy rahbari - MDQU “Arxitektura” kafedrasi professori, arxitektura fanlari nomzodi A.N.Belkin bakalavriatura va magistratura talabalarining BMI va xalqaro Rossiya Badiiy Akademiyasida “NOPRIZ” tanlovi laureatlari loyihalari bilan yaqindan tanishtirdi. Ayniqsa, A.N.Belkin tomonidan tashkil etilgan shahar bo‘ylab, “Zamoskvareche”dan to “Zaryade” parkigacha piyoda ekskursiyasi natijasida ko‘plab shaharsozlikda eski va yangi arxitektura bino va inshootlari bilan shaxsan tanishtirgani katta taassurotlar qoldirdi.
Mazkur universitet va V.I.Lenin nomidagi markaziy kutubxonasi filiali (yangi Ximki shahri)da ayniqsa dissertatsiyalar bilan tanishish katta foyda berdi. Ko‘plab muzey va ko‘rgazma zallari (“Tretyakov galereyasi”, “A.Shilov” va “Z.Sereteli” galereyalari, “Eski Kreml” va “Yangi Kreml” (Qizil maydon), “Zaryade” parki, “Aleksandr” bog‘i, “A.Shusev” muzeyi, Konsert saroyi, Mosmetro 15 ta yo‘nalish bekatlari, Moskvarium, “Xram Xrista Spasitelya”, Moskva jome masjidi, “VDNX artgalereyasi” va Kosmonavtika muzeyi, V.I.Lenin mavzoleyi, Manej-MKZ “Pamyat pokoleniy” (UVU ning 75 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazmasi)ga tashrif jarayonida salmoqli ilmiy va fotomateriallar to‘plandi.
Jumladan, Rossiya Badiiy Akademiyasida bo‘lib o‘tgan xalqaro ilmiy anjumanlar - “XXX Alpatovskiye chteniya” (Bauxaus 100 yilligiga bag‘ishlangan), “Sovershenstvovaniye protsedury publichnix slushaniy” “Sotsialniy i pravovoy aspekty”da ilmiy maqolalari bilan faol qatnashib sertifikat bilan taqdirlandi. Konferensiya materiallari to‘plam tarzida shakllantirildi. Moskva shahridan SamDAQI “Tasviriy san’at” kafedrasi kutubxonasiga arxitektura va san’ati tarixi bo‘yicha ko‘plab kitob va jurnallar, gazetalar, tarqatma materiallar va bukletlar olib kelindi.
Magistratura guruhiga “Puti garmonizatsii izobrazitelnix i xudojestvennix sredstv v arxitekture Moskvy” mavzusida ma’ruza shaklida ochiq darslar o‘tib berdi. Dars xorijiy talabalarda qiziqish uyg‘otdi. Malaka oshirish kursining muvaffaqiyatli yakunida stipendiat D.N.Sultonova U-1388/19 Guvohnomasi bilan tantanali taqdirlandi.
Seminar so‘ngida “Tasviriy san’at” kafedrasi mudiri Sh.E.O‘rinboyev: “— Joriy yilimiz ilm-fanga bag‘ishlangani ham bejiz emas. Bugungi yig‘ilishdan ham maqsadimiz kelajakda kafedrada mana shunday malaka oshirish va tajriba almashish masalalarini yanada kuchaytirish lozim, deya ta’kidladi.
Muallif: D.N.Sultonova