INSTITUT KENGASHINING 4-SONLI MAJLISIDA PROFESSOR-O‘QITUVCHILARNING NAVBATDAGI YUTUQLARI E’TIROF ETILDI

 

Institutning “Landshaft dizayni va interyer kafedrasining o‘qituvchisi Mustayev Baxrom O‘zbekiston Respublikasi OAKning 2020 yil 30 yanvardagi 275/1 sonli bayonnomasiga asosan Arxitektura fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Ilmiy darajasini qo‘lga kiritdi.Kengash va institut jamoasi nomidan Baxrom Mustayevni yuksak Ilmiy daraja bilan tabriklaymiz va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.Shuningdek institutning “Arxitekturaviy loyihalash” kafedrasi dotsenti v.b. Munavvar Yuldasheva tomonidan 5340100-Arxitektura (turlar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan, “Киноконцертные залы” nomli o‘quv qo‘llanmasiga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2-noyabrdagi 1023-sonli buyrug‘iga asosan 1023-150-raqamli nashr ruxsatnomasi berildi.Muallifni kengash nomidan chin yurakdan murakbod etamiz.