“Yurt taraqqiyoti yo‘lida birlashaylik!” mavzuida tantanali tadbir o‘tkazildi
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan 2018 yilning 22 dekabr kuni poytaxtimizda joylashgan Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida o‘tkazilgan “Yurt taraqqiyoti yo‘lida birlashaylik!” shiori ostidagi tantanali tadbirda mazkur yo‘nalishlardagi tizimli ishlar hamda ularning natijalari alohida ta’kidlandi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan 2018 yilda yosh kasaba uyushma a’zolarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy izlanishlari, salohiyati va innovatsion ishlanmalarini ro‘yobga chiqarish bilan bog‘liq qator tanlovlar va loyihalar amalga oshirildi. Xususan, mehnat sohasida izlanish va tadqiqotlar olib borayotgan katta ilmiy xodim-izlanuvchilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan “Ilmiy tadqiqotlar uchun grant” onlayn tanlovi hamda stipendiyalar tanlovi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari, akademik litseylar, umumta’lim maktablari hamda ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatlari o‘quvchilari o‘rtasida “Mehnat huquqi bilimdoni” onlayn-tanlovi o‘tkazildi. SHuningdek, kasaba uyushmalari faoliyatini tashkil etishda faollik ko‘rsatayotgan, ilm-fan bilan shug‘ullanib, mamlakatimiz rivojiga munosib xissa qo‘shayotgan faol yoshlar uchun “Kasaba uyushmalarining ilmiy stipendiyasi” ta’sis etilib, iqtidorli va ehtiyojmand oilalardan bo‘lgan talaba yoshlarni kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriylarda sog‘lomlashtirish bo‘yicha “Kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriylarda yoshlarni sog‘lomlashtirish loyihasi” amalga oshirilmoqda.“Yurt taraqqiyoti yo‘lida birlashaylik!” shiori ostidagi tantanali tadbirda mazkur tanlov va loyihalar g‘olibi bo‘lgan Samarqand viloyati va shahrimizdan mazkur tanlovda 9 kishi g‘oliblikni qo‘lga kiritgan va Kasaba uyushmalari Federatsiyasi diplomi hamda qimmatbaho sovg‘alar qulga kiritdi.Tadbirda 2018 yilda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan “Yilning eng faol yosh mutaxassisi” tanlovining 20 ta nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan eng faol yosh mutaxassislar ham munosib rag‘batlantirildi. SHular qatorida SamDAQI “Arxitektura nazariyasi va tarihi” kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchi, Sadikova Sitora-bonu Nematdjonovna “Eng faol yosh quruvchi” nominatsiyasi bo‘yicha I darajali Diplom bilan va noutbuk Acer munosib taqdirlandi.Tantanali tadbir ishtirokchilari uchun Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida epik “Shaxerezada” nomli Rossiya Federatsiyasi mashhur balet san’atkori, maestro Andris Liepa tomonidan rejissyorlik va rahbarlik qilgan spektakl namoyish etildi.