QOMUSIMIZ – ERKIN VA FAROVON HAYOTIM KAFOLATIDIR
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti boshlang‘ich tashkiloti tomonidan 2018-yil 7 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 26-yilligi munosabati bilan institut faollar zalida “Qomusimiz – erkin va farovon hayotim kafolatidir” deb nomlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.Bayram O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi. Institut rektori S.I.Axmedov yig‘ilganlarni ushbu qutlug‘ ayyom bilan muborakbod etib institut ijtimoiy- iqtisodiy, ma’naviy ma’rifiy va huquqiy faoliyatidagi o‘zgarishlar haqida ma’ruza qildi.Konstitutsiyamizni chuqur o‘rganish, anglash va unga so‘zsiz amal qilish barchamizning sharafli burchimiz ekani alohida ta’kidlandi.
Yosh avlodni har tomonlama etuk, o‘z bilimi va qobiliyati bilan Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘sha oladigan insonlar etib tarbiyalash Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridandir.Xalqimizning xohish-irodasi bilan 26 yil muqaddam qabul qilingan Asosiy qonunimiz barcha sohalar qatori ta’lim tizimini ham sifat va mazmun jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.Birinchi Prezidentimizning 2001 yil 4 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoyishiga asosan aholi, ayniqsa, yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, o‘z huquqidan foydalanish ko‘nikmasini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoev tashabbuslari bilan mamlakatimizda ro‘y berayotgan buyuk o‘zgarishlar, turli sohalardagi islohotlar xalqimiz turmush tarzida tub burilish yasadi. YAkuniga etayotgan yilda Konstitutsiyamizning hayotiy negizi nechog‘li mustahkam ekani o‘z tasdig‘ini topdi. Konstitutsiyaviy qoidalar fuqarolarimizning kundalik hayotida to‘laroq namoyon bo‘ldi. Chunki Asosiy qonunimizda inson, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari eng oliy qadriyat sifatida muhrlab qo‘yilgan. Eng asosiysi, odamlar islohotlar samarasini kelajakda emas, balki bugun o‘z hayotida his qilish imkoniga ega bo‘ldi.Bayram tadbirining badiiy-konsert qismi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti boshlang‘ich tashkilotining faol a’zolari tomonidan tashkil etilib, yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat taqdim etdi.