SAMDAQI PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR VA ISHCHI XODIMLAR O‘RTASIDA STOL-TENNISI MUSOBAQALARI TASHKIL ETILDI



O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27 yilligiga bag‘ishlab Samarqand davlat arxixitektura-qurilish instituti professor-o‘qituvchilari va ishchi xodimlari o‘rtasida 2019 yilning 6 dekabr kuni sportning stol-tennisi musobaqalari o‘tkazildi.Musobaqada jami Qurilish, Qurilishni boshqarish, Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi, Arxitektura fakultetlari hamda rektorat xodimlari jamoalaridan 30 nafarga yaqin professor-o‘qituvchilar va ishchi xodimlar ishtirok etishdi.Musobaqalar shaxsiy birinchilikda o‘tkazilib, natijalarga ko‘ra o‘rinlar quyidagicha aniqlandi:
Erkaklar o‘rtasida:
1-o‘rin: Qurilishni boshqarish fakulteti o‘qituvchisi Muhammadiyev O‘tkir;
2-o‘rin: “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonov Abdumalik;
3-o‘rin: Qurilish fakulteti o‘qituvchisi Sirojiddinov Shavkat.
Ayollar o‘rtasida:
1-o‘rin: O‘quv bo‘limi xodimasi Yuzbayeva Maxfuza;
2-o‘rin: Arxitektura fakulteti o‘qituvchisi Jo‘rayeva Elvira;
3-o‘rin: Qurilish fakulteti o‘qituvchisi Xodiyeva Nargiza.
Musobaqalar xodimlar va talabalar boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda “Kasb ta’limi va jismoniy tarbiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda tashkil etildi.